Enrofloks  10 %
Antibiotiklar

Enrofloks 10 %

Ishlab chiqaruvchi davlat: Ispaniya

Veterinariya uchun og‘iz orqali qo‘llaniladigan keng ta’sir doirasiga ega antibakterial eritma.

115000 so'm

Mahsulot haqida batafsil ma'lumot

Enroflox 10% — ftorxinolonlar guruhiga mansub keng spektrli veterinariya antibiotigi. Preparat gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga qarshi yuqori samaradorlikka ega. Enrofloksatsin organizmga tez so‘riladi, barcha organ va to‘qimalarga kirib boradi hamda 24 soat davomida terapevtik ta’sir ko‘rsatadi.
Preparat ichimlik suvi orqali qo‘llanadi va parrandalardagi bakterial hamda mikoplazmali infeksiyalarni samarali davolash uchun tavsiya etiladi.

Qo'llash yo'riqnomasi

Enroflox 10% broylerlar va yosh parrandalarda bakterial infeksiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi. Quyidagi kasalliklarda samarali:
Kolibakterioz
Salmonellyoz
Nekrotik enterit
Streptokokkoz
Mikoplazmoz
Ftorxinolonlarga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalar
Dozasi (jonivor turiga qarab)
Parrandalar (broyler, tovuq, kurka va boshqalar)
1 litr ichimlik suviga 0,5 ml
Davolash muddati:
Oddiy infeksiyalarda — 3 kun
Salmonellyozda — 5 kun
Qoramol va mayda shoxli hayvonlar
10 kg tana vazniga 0,5 ml
Kuniga 1 marta
3–5 kun davomida
It va mushuklar
10 kg tana vazniga 0,5 ml
Kuniga 1 marta
5 kun davomida yoki veterinarning tavsiyasiga ko‘ra

Tarkib

1 ml eritma tarkibida:
Enrofloksatsin — 100 mg
Benzil spirti
Kaliy gidroksidi
Tozalangan suv

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q.