Tovuq infeksion bronxiti kasalligiga qarshi jonli, quruq vaksina, “H-120” shtammi, Massachusets serotipi. Narxi 1000 doza uchun
Bir tijorat dozasi 1 burun (nazal) dozaga teng bo‘lib, 3,5 lg EID₅₀/sm³ ni tashkil etadi. Emhlangan jo‘jalarda immunitet ikkinchi emlashdan 2–3 hafta o‘tib shakllanadi va kamida 3 oy davom etadi. Vaksinaning infeksion faolligi 6,0 lg EID₅₀/sm³ dan past bo‘lmasligi kerak. Vaksina xavfsiz, reaktogen emas va davolovchi xususiyatga ega emas.
Vaksina klinik sog‘lom qushlarga, xo‘jalikdagi epizootik holatni inobatga olgan holda, har qanday yoshda qo‘llaniladi. Vaksinatsiya og‘iz orqali, burun yoki ko‘z tomchisi tarzida, shuningdek yirik tomchi usulida purkash (sprey) orqali amalga oshiriladi.
Vaksina och sariq yoki och jigarrang rangdagi bir xil quruq, g‘ovak massa bo‘lib, suvda yoki fiziologik eritmada oson eriydi, cho‘kma va parchalar hosil qilmaydi. Vaksina 2, 3 yoki 4 sm³ hajmli germetik yopilgan flakonlarga joylangan. Har bir flakonda 100 dan 5000 dozagacha preparat mavjud.
Hozircha sharhlar yo‘q.