PROPOKS 20%
Dezinfektsiyalash va yuvish vositalari

PROPOKS 20%

Ishlab chiqaruvchi davlat: Hindiston

Tez va keng ko‘lamda ta’sir etuvchi insektitsid Hajmi: 1000 ml

250000 so'm

Mahsulot haqida batafsil ma'lumot

PROPOKS 20% — tez ta’sir qiluvchi va keng ko‘lamda samarali insektitsid preparat bo‘lib, issiq qonli hayvonlarga o‘rta darajada toksik ta’sirga ega. Preparat pashsha, chivin, burga, qizil kana, suvarak, kanal hasharotlari va boshqa zararkunandalarga qarshi yuqori samaradorlik ko‘rsatadi.
U veterinariya obyektlarida — parrandachilik, chorvachilik fermalarida, hayvonlar saqlanadigan joylarda, chiqindi va kanal hududlarida hasharotlar sonini kamaytirish va ularning qayta ko‘payishining oldini olish uchun ishlatiladi.

Qo'llash yo'riqnomasi

Qo‘llash sohasi:
PROPOKS 20% quyidagi hasharotlarga qarshi qo‘llaniladi:
-Qizil kana (Dermanyssus gallinae)
-Suvaraklar va kanal hasharotlari
-Pashshalar va chivinlar
-Burgalar va boshqa uchuvchi hasharotlar.
Qo‘llash usuli va miqdori:
4 litr preparat 100 litr suvda eritiladi.
Olingan eritma hayvonlar turgan joylar, devorlar, eshik va deraza atroflari, kanallar, teshiklar, pollar, qafaslar hamda pashshalar yig‘iladigan joylarga purkaladi.
Ishlov berilgan joylar 24 soat davomida yopiq holda qoldiriladi.
Shundan so‘ng tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Preparatning ta’siri 1 dan 1,5 oygacha saqlanadi.

Tarkib

Har 1 gramm preparatda:
Propoksur (Propoxur) – 200 mg
Qo‘shimcha yordamchi moddalari mavjud

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q.